- Bosh sahifa
- Kompaniyalar guruhi
- Zavodi yangiliklari
30.05.2024
Kia Sonetning ilk topshirilishlari: yangi yetakchilar davri
2024-yilning 29-may kunidan boshlab Kia’ning O‘zbekistondagi barcha rasmiy dilerlik markazlarida uzoq kutilgan Kia Sonet krossoverining birinchi ommaviy topshirilishlari, belgilangan muddatdan ham ertaroq boshlandi!
Avvalroq xabar qilinganidek, 2024-yilning 27-mart kuni Kia avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi ADM Jizzakh zavodida to‘liq texnologik tsikl (CKD) bo‘yicha Kia Sonet’ning pilot ishlab chiqarilishining muvaffaqiyatli yakunlagani va avtomobillarning birinchi partiyasini ishlab chiqarilishi boshlaganini e’lon qildi. 13-apreldan boshlab esa avtomobil ixlosmandlari tomonidan ajoyib ishtiyoq bilan kutib olingan va eng ko‘p sotilayotgan ixcham krossoverlardan biriga aylangan Sonet’ning uch xildagi komplektatsiyasi uchun shartnomalarning berilishi bo‘shanldi.
Ta’kidlash joizki, 29-may kuni Kia’ning barcha rasmiy dilerlik markazlarida Sonet’ning xaridorlarga birinchi ommaviy topshirilishlari tashkil etildi va bu hodisa dastlab rejalashtirilganidan oldinroq ro‘y berdi. Krossoverning ilk 100 sohibiga esdalik sovg‘alari va rasmiy Kia xizmat ko‘rsatish markazlaridan birida 2 ta bepul texnik xizmat ko‘rsatilish uchun sertifikatlar topshirildi.
Kia Sonet’ni tanlashda xaridorlar tomonidan krossoverning quyidagi asosiy xususiyatlariga urg‘u qaratildi:
Yangi Sonet 115 ot kuchiga va 143,8 N·m aylantiruvchi momentga ega bo‘lgan Smartstream G1.5 benzinli dvigatel bilan jihozlangan. Bu ishonchli tezlashuv va dinamik haydash uchun yetarlidir.
Tashqi ko‘rinishidan, Sonet zamonaviy va sportcha qiyofaga ega. Radiatorning qora rangli panjarasi, old bamperning xromlangan bezaklari, yorug‘likdiodli faralar va yurish chiroqlari, shuningdek, 16 dyuymli yengil qotishmadan ishlangan disklar yorqin va yodda qolarli qiyofani shakllantiradilar. Orqa qismidaga benuqson yorug‘lidiodli yoritgichlar va tomning orqa ustunlari mashinaning o‘zgacha ajralib turishini ta‘minlaydi.
Salonning ichida sizni, smartfonlarni qo‘llab-quvvatlovchi multimedia tizimining 8 dyuymli sensorli ekrani, 7 dinamikli premium toifasiga mansub Bose audio tizimi hamda gadjetlar uchun simsiz zaryadlash kutmoqda. 4,2 dyuymli ekranga ega Supervision qurilmalar paneli va ortni ko‘rish kamerasi avtomobil boshqaruvini yanada qulayroq qiladi.
Qulaylik va amaliylik – Sonet’ning yana bir kuchli jihatlaridir. Puxta loyihalashtirilgan ergonomikaga ega keng salon, old o‘rindiqlar ventilyatsiyasi, avtomatik iqlim va kruiz nazorati kundalik ish safarlari va oilaviy shahar tashqarisiga sayohatlarda ham shinam muhitni yaratadilar. Yukxonasining 392 litrga teng hajmi esa kerakli barcha buyumlarni o‘zingiz bilan olib yurishingizga imkon beradi.
Xavfsizlik ham yuqori darajada. Sonet qiyalikda ishga tushirishda yordam (HAC), shinalardagi bosimni nazorat qilish (TPMS) tizimlari bilan jihozlangan bo‘lib, top ro‘yxatdagi Prestige komplektatsiyasida esa nafaqat old, balki yon xavfsizlik yostiqchalari va xavfsizlik pardalari ham ornatilgan.
Yangi Kia Sonet – bu zamonaviy, so‘ngi uslubdagi va texnologik avtomobil bo‘lib, u quvvatli dvigatel, puxta loyihalashtirilgan dizayn va ilg‘or optsiyalarning keng assortimentini o‘zida mujassamlashtiradi. U dinamikani, qulaylikni va xavfsizlikni qadrlovchilar uchun ideal mosdir.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan Kia Sonet’ga, avtomobildan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada ko‘rsatilgan tavsiyalarga rioya qilingan taqdirda, 5 yilga yoki 150 000 km masofani bosib o‘tilishiga, qay biri avval kelishiga ko‘ra kafolat beriladi.
Kia avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan kia.uz saytida tanishishingiz mumkin.
Kia’ning Oʻzbekistondagi tezkor axborot liniyasi: +998 55 500 83 33
YouTube: https://www.youtube.com/@kiauzbekistan
Instagram: https://www.instagram.com/kia__uzbekistan
Facebook: https://www.facebook.com/KiaUzbekistan/
Telegram: https://t.me/kiauzbekistanbot