01.05.2024

Turin politexnika universiteti talabalari ADM Jizzakh zavodiga tashrif buyurdilar

Turin politexnika universiteti talabalari ADM Jizzakh zavodiga tashrif buyurdilar

2024-yilning 29-aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari uchun “Jizzax” EIZda joylashgan ADM Jizzakh zavodiga sayohat va ekskursiya tashkil etildi.

Sayohatdan ko‘zlangan maqsad, yosh xodimlarni Kia, CHERY, HAVAL, Hyundai Truck & Bus avtomobil brendlarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi ADM Jizzakh klasteriga jalb qilish edi. ADM Jizzakh zavodi xususiy sarmoyalar hisobidan qurilgan O‘zbekistondagi birinchi avtomobil zavodidir.

Tadbirda universitetning o‘qituvchilari, iqtidorli talabalari va aspirantlari ishtirok etdilar. Ular ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildilar.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish