05.08.2024

Kia, CHERY va HAVAL avtomobillarining 2024-yilning yanvar-iyun oylaridagi sotuvlari statistikasi. O‘zbekiston avtomobil bozoridagi umumiy tendensiyalar

Kia, CHERY va HAVAL avtomobillarining 2024-yilning yanvar-iyun oylaridagi sotuvlari statistikasi. O‘zbekiston avtomobil bozoridagi umumiy tendensiyalar

2024-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda turli brendlarga mansub 179 mingdan ortiq avtomobillar sotildi. ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan 11407 dona avtomobil sotildi: Kia – 7112 dona, CHERY – 3507 dona va HAVAL – 788 dona.

Kia

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida «D» segmentida eng xaridorgir model Kia K5 bo‘ldi. Jami 2160 dona K5 sotilgan bo‘lib, bu Chevrolet Malibu 2’ning sotuvlaridan 4,5 baravariga ko‘pdir.

Kia Sportage shahar krossoveri BYD Song Plus DM-i Champion’dan keyinoq joylashib, sotuvlar bo‘yicha “SUV-C” segmentida yetakchi o‘rinlardan birini egalladi. Xususan, krossover ushbu reytingda sotuvlar bo‘yicha BYD Song Plus DM-I’dan 1,18 baravariga, Chevrolet Equinox’dan esa 1,44 baravariga o‘zib ketdi.

Sorento modeli “SUV-D” segmentida 1136 ta avtomobil sotilgan holda, sotuvlar bo‘yicha CHERY Tiggo 8 Pro va Tiggo 8 Pro Max, shuningdek Exeed TXL kabi modellarni ortta qoldirib shubhasiz yetakchilik qilmoqda.

“SUV-B” segmentida Kia brendi Seltos va Sonet modellari bilan yaxshi natijalar ko‘rsatib (jami 1322 ta), Chevrolet Trackerdan keyin joylashdi. Shu bilan birga, Kia Sonet’ning birinchi ommaviy yetkazib berilishlari 2024-yilning 29-may sanasida amalga oshirilganligini ta’kidlash lozim.

Kia K8 va K9 biznes-sedanalari sotilgan avtomobillar soni bo‘yicha (jami 93 ta) BYD HAN EV’dan keyin joylashib, “E” segmentida Zeekr 001’ni ortta qoldirdilar.

“LCV” segmentida Kia o‘zining kamtonnajli Bongo yuk avtomobili bilan Chevrolet’ning Damas va Labo modellari hamda Volkswagen Caddy brendlari o‘rtasida joylashdi. Bongo (441 ta) sotilgan avtomobillar soni bo‘yicha Caddy’dan 3,37 baravariga o‘zib ketti.

CHERY

2024-yilning birinchi olti oyligida CHERY avtomobil brendi sotuvlar bo‘yicha ta’sirchan ko‘rsatkichlarini namoyish etdi. Xususan, “C” segmentida Arrizo 6 Pro modeli 1619 dona avtomobilga teng natija bilan yetakchiga aylandi va shu tariqa sotuv hajmi bo‘yicha BYD Chazor’ni 1,19 baravariga ortda qoldirdi.

Tiggo 7 Pro krossoveri “SUV-C” segmentida 1553 dona avtomobil natijasi bilan, sotuvlari bo‘yicha yetakchilar uchligiga kirdi va BYD Song Plus DM-i Champion va Kia Sportage’dan keyin joylashdi. birinchi yarim yillikda Tiggo 7 Pro avtomobillari BYD Song Plus DM-I avtomobillaridan 1,04 baravar, Chevrolet Equinox avtomobillaridan esa 1,27 baravar ko‘p sotildi.

“SUV-D” segmentida sotuvlar bo‘yicha Tiggo 8 Pro krossoveri 236 dona sotilgan avtomobil natija bilan Kia Sorent’ning ortidanoq joylashdi. Shu bilan birga, ushbu model Exeed TXL’dan 3 baravar ko‘p sotildi.

HAVAL

O‘zbekiston avtomobil bozoriga 2023-yilning oxirida kirib kelgan HAVAL (Great Wall Motor) brendi turli segmentlarda munosib raqobatchiga aylandi. Xususan, “SUV-C” segmentidagi sotuvlar bo‘yicha M6 modeli 387 dona, H6 modeli esa 161 dona natija ko‘rsatdi.

“SUV-B” segmentida sotilgan avtomobillar soni bo‘yicha HAVAL Jolion modeli 238 dona avtomobil natijasi bilan Kia Seltos va Sonet’dan keyinoq joylashdi.

2024-yilning birinchi yarim yilligidagi sotuvlar statistikasidan ko‘rinib turibdiki, Kia, CHERY va HAVAL avtomobillari ko‘plab iste’molchilar orasida mashhurlikka erishganlar.

Kia, CHERY va HAVAL avtomobillarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan kia.uz, cheryauto.uz hamda haval.uz saytlari orqali tanishish mumkin.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish