09.08.2024

Kia, CHERY va HAVALning 2024-yil iyul oyi yakunlari boʻyicha Oʻzbekistondagi sotuvlari natijalari

Kia, CHERY va HAVALning 2024-yil iyul oyi yakunlari boʻyicha Oʻzbekistondagi sotuvlari natijalari

Kia: 2024-yilning iyul oyida avvalgi oyga nisbatan sotuvlar 43,5 foizga oshgan

2024-yilning iyul oyida sotilgan Kia brendiga mansub avtomobillarning umumiy soni 2160 donani tashkil etdi.

Sonet – 2024-yil iyul oyidagi sotuvlarning mutloq yetakchisidir! Shiddat bilan mashxurlikga erishayotgan yangi model iyul oyida 1260 dona birlikda sotilib, bu Kia modellarining umumiy sotuvlar hajmining 58,3 foizni tashkil etdi.

Iyul oyida Sportage modeli sotuvlar hajmi boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallab, uning sotuvlari Kia avtomobillarining umumiy sotuvlar hajmining 11,7 foizini yoki 252 dona birlikni tashkil etdi.

Peshqadamlar uchligini Sorento yakunlamoqda. Oʻtgan iyul oyida 216 dona avtomobil sotilgan (10 foiz) boʻlib, bu modelning tobora ommalashib borayotganidan dalolat beradi.

Keyingi oʻrinlarda 201 dona avtomobil birlikda sotilgan biznes-klassidagi K5 sedani (9,3foiz); Seltos krossoveri – 89 dona (4,1 foiz); kam tonnajli Bongo yuk avtomobili – 82 dona (3,8 foiz) va Kia’ning boshqa modellari (Carens – 20 dona, K8 – 16 dona, Cerato – 13 dona, Carnival – 8 dona, K9 – 3 dona) joylashdilar.

Agar Oʻzbekistondagi sotuvlarning hududlar kesimidagi taqsimotiga qarasak, Tashkent shahri shubhasiz yetakchilik qilmoqda. Uning hissasiga barcha sotuvlarning 35,19 foizga toʻgʻri keladi. Toshkent shahridan keyin hududlar quyidagicha joylashdilar:

  • Samarqand viloyati – 10,93 foiz;
  • Qashqadaryo viloyati – 6,71 foiz;
  • Toshkent viloyati – 6,67 foiz;
  • Buxoro viloyati – 6,34 foiz;
  • Navoiy viloyati – 5,51 foiz;
  • Surxondaryo viloyati – 5,23 foiz;
  • Jizzax viloyati – 4,49 foiz;
  • Fargʻona viloyati – 4,35 foiz;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 3,89 foiz;
  • Xorazm viloyati – 3,61 foiz;
  • Andijon viloyati – 3,19 foiz;
  • Sirdaryo viloyati – 2,36 foiz;
  • Namangan viloyati – 1,53 foiz.

2024-yilning iyul oyida Kia avtomobillarini sotib olgan jismoniy shaxslar orasida erkaklarning soni koʻproq boʻldi – ularning ulushi 68,5 foizni tashkil etdi, ushbu markaning 31,5foiz avtomobillarini esa ayollar xarid qildilar.

30 yoshgacha boʻlgan yoshlar xaridorlar tuzilmasining kamroq ulushini – bor-yoʻgʻi 9,9foizni tashkil etdilar. Xaridorlarning asosiy qismini 30 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar tashkil etdilar – 90,1 foiz.

CHERY: sotilgan avtomobillar soni joriy yilning iyun oyiga nisbatan 29,3foizga oshgan

2024-yilning iyul oyida sotilgan CHERY brendiga mansub avtomobillarning umumiy soni 655 donani tashkil etdi.

Joriy yilning iyun oyida boʻlgani kabi, Tiggo 7 Pro shahar krossoveri CHERY avtomobillari orasida sotuvlar boyicha yetakchilikni saqlab qoldi. Iyul oyida sotilgan Tiggo 7 Pro avtomobillari soni 292 donani tashkil etib, bu sotilgan barcha CHERY avtomobillari hajmining 45foizni tashkil etadi.

Arrizo 6 Pro 284 dona sotilgan avtomobil natijasi bilan ikkinchi oʻrinni egalladi (jami sotuvlar hajmining 43 foizi).

Tiggo 8 Pro hamda Tiggo 8 Pro Max modellari jami 79 dona birlikda sotilgan boʻlib, bu jami sotuvlarning 12 foizni tashkil etadi.

Hududlar kesimida sotuvlar boʻyicha yetakchilikni Toshkent shahri egallab turibdi – 37,4foiz. Toshkent shahridan keyin hududlar quyidagicha joylashdilar:

  • Buxoro viloyati – 13,1 foiz;
  • Qashqadaryo viloyati – 7,8 foiz;
  • Samarqand viloyati – 7,2 foiz;
  • Navoiy viloyati – 6,3 foiz;
  • Xorazm viloyati – 5,5 foiz;
  • Namangan viloyati – 5,0 foiz;
  • Fargʻona viloyati – 4,9 foiz;
  • Surxondaryo viloyati – 4,4 foiz;
  • Andijon viloyati – 3,8 foiz;
  • Jizzax viloyati – 3,4 foiz;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 1,2 foiz.

Amalga oshirilgan hisob-kitoblarga koʻra, 2024-yilning iyul oyida jismoniy shaxslar orasidagi CHERY avtomobillarini xaridorlarining gender tarkibi quyidagicha koʻrinish oldi: erkaklar – 69,3 foiz, ayollar – 30,7 foiz.

Shu bilan birga, CHERY avtomobillarini xaridorlari orasida 30 yoshgacha boʻlgan jismoniy shaxslarning ulushi 13,9 foizni tashkil qilgan boʻlsa, 30 yosh va undan katta yoshdagi xaridorlarning ulushi esa sezilarli darajada yuqori boʻlgan 86,1 foizni tashkil etdi.

HAVAL: iyul oyida sotilgan avtomobillarning umumiy soni 146 donani tashkil etdi

2024-yilning iyul oyida HAVAL modellari orasidagi peshqadam va eng koʻp sotilgan model M6 boʻldi. Ushbu krossoverning 103 donasi sotilib, bu markaning sotilgan barcha avtomobillarning 70,5 foizni tashkil etadi.

Ikkinchi oʻrinni 25 dona sotilgan avtomobil natijasi bilan H6 modeli egallab, bu sotuvlar umumiy hajmining 17,1 foizni tashkil etadi.

Peshqadamlar uchligini 29-iyun kuni taqdimoti oʻtkazilgan yangi Dargo off-road krossoveri yakunlab, 16 nafar avtomobil ixlosmandlari tomonidan xarid qilindi va uning sotuvlari hajmi barcha sotuvlarning 11foizni tashkil etmoqda.

Jolion modeli 2 nafar avtomobil sohiblariga topshirildi. Shu bilan birga, sportcha qiyofadagi kuzovli (feysliftdan soʻng) yangilangan krossoverga buyurtmalar soni iyul oyida 18 donani tashkil etdi.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish