01.07.2024

Yoʻltanlamas hususiyatlar va texnologik jihatdan yetuk bo‘lgan HAVAL DARGO off-road krossoverining sotuvlari rasman boshlandi

Yoʻltanlamas hususiyatlar va texnologik jihatdan yetuk bo‘lgan HAVAL DARGO off-road krossoverining sotuvlari rasman boshlandi

2024-yilning 29-iyun kuni soat 19:00 da “Alpomish” muz saroyida MDH mamlakatlarida mashhur bo‘lgan HAVAL DARGO off-road krossoverining taqdimoti o‘tkazilib, ushbu avtomobilning sotuvlariga start berildi. Mazkur salobatli avtomobil ta’sirchan texnik xususiyatlarga va boy jihozlanishga ega bo‘lib, bu uni shahar ichra hamda shahardan tashqaridagi safarlar uchun ishonchli va bardoshli avtomobil izlayotganlar uchun jozibali tanlovga aylantiradi. Shuningdek taqdimotda HAVAL DARGO’ning ilk xaridoriga avtomobilning kaliti ham topshirildi.

Taqdimotda OAV vakillari, avtoblogerlar, shuningdek, brendning rasmiy shaxslari: HAVAL Uzbekistan’ning direktori Vyacheslav Vasilyev hamda Great Wall Motor (GWM) kompaniyasining MDH mamlakatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Сarol Tianlar ishtirok etdilar.

Carol Tian: “Bugungi kunga kelib, HAVAL’ning mijozlari soni dunyo bo‘ylab 9 millionga yetdi. Ishlab chiqarilishi boshlangan 2020-yildan beri DARGO deyarli yarim millionga yaqin foydalanuvchilarga manzur bo‘ldi va “light off-road” kategoriyasini muvaffaqiyatli yarata oldi. DARGO o‘zining yuksak xususiyatlari va intellektual jihozlanishi tufayli butun dunyoda mashxurlikka erishdi”, – deb ta’kidlab o‘tdi.

– ADM Global bilan birgalikda O‘zbekistonda o‘zimizning muvaffaqiyat tariximizni yarata olishimizga ishonamiz. GWM kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab sanoat ishlab chiqarishini mahalliylashtirilishi bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lib, biz O‘zbekistondagi avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ADM Global kompaniyasi bilan uzluksiz hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali mahalliylashtirish sur’atini oshirishga intilmoqdamiz. Biz ilg‘or texnologiyalarga asoslangan yangi mahsulotlarni joriy etishni va mahalliy aholi uchun foydali bo‘lgan faoliyat yuritishni davom ettiramiz, – deb Carol Tian kelajakdagi rejalar bilan o‘rtoqlashdi.

Taqdimotda HAVAL DARGO’ning ilk xaridoriga avtomobilning kaliti topshirildi.

Yangi DARGO avtomobillarining taassurotli namoyishidan dan so‘ng, mehmonlarga mazkur modelning batafsil texnik tafsilotlari taqdim etildi.

HAVAL DARGO o‘lchamlari bilan hayratga soladi: uzunligi – 4620 mm, kengligi – 1890 mm (1910 mm yon oyoqqo‘ygichlar bilan), balandligi – 1780 mm. G'ildirak bazasi – 2738 mm, yo‘l sathidan balandligi – 200 mm teng bo‘lib, bu ajoyib o‘tuvchanlik qobiliyatini ta’minlaydi.

Kapotining ostida turbopurkashli va yoqilg‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyiluvchi, hajmi 1998 kub.sm va daqiqada 5600-6300 aylylanmalarda 192 ot kuchi quvvatiga ega bo‘lgan 4-tsilindrli benzinli dvigatel o‘rnatilgan. Aylantiruv momenti aylanmalar daqiqasiga 1500-4000 diapazonida 320 Nm ga yetadi. Transmissiyasi – 7-bosqichli robotlashtirilgan, ho‘l tipdagi qo‘shaloq uzatmalar qutisidir. To‘liq privodli 4WD transmisiyasi, MakFerson tipidagi mustaqil old podveska hamda ikki dastakli mustaqil orqa podveska yo‘ltanlamaslikning yuqori xarakteristikalarni ta’minlaydilar.

Yo‘lovchilar uchun qulaylik – HAVAL DARGO’ning eng katta afzalliklaridan biridir. Panoramik tom, ikki zonali iqlim nazorati, ventilyatsiya va massaj funktsiyalariga ega bo‘lgan elektron sozlanuvchi charmli o‘rindiqlar, safar uchun be’takror sharoitlarni yaratadilar. Apple CarPlay va Android Auto’ni qo‘llab-quvvatlovchi, 12,3 dyuymli ekranli multimedia tizimi, 10,25 dyuymli raqamli qurilmalar paneli va old oynadagi proektsion displey foydalanish qulayligini ta’minlaydilar. 9 karnayli va subvuferga ega Infinity audio tizimi, simsiz zaryadlash qurilmasi, barcha yo‘lovchilar uchun USB-ulagichlari sayohatni yanada qulayroq qiladilar.

Yo‘ltanlamas avtomobil zamonaviy o‘g‘irlashga qarshi texnologiyalar, shuningdek xavfsizlik tizimlari, shu jumladan, old va yon xavfsizlik yostiqchalari, xavfsizlik pardalari, kurs barqarorligi elektron tizimi, tormozlanish va qiyalikdan tushishda yordam, shinalardagi bosimni nazorat qilish, 360° aylanasiga ko‘rish kameralari, harakat rejimini tanlash (“Eko”, “Sport”, “Standard”, “Qor”, “Loy”, “Qum”, “Chim/Shag‘al”, “Notekisliklar”) va boshqa ko‘plab tizimlar bilan jihozlangan.

HAVAL DARGO – ilg‘or texnik xarakteristikalar, zamonaviy jihozlanish va jozibali dizaynini o‘zida mujassamlashtirgan, qulaylik tarafdorlarini ham, faol off-road dam olish ihlosmandlarini ham birgay rom eta oluvchi yo‘ltanlamas avtomobildir.

HAVAL DARGO yuqori talabga ega bo‘lgan Qozog‘iston va Rossiya bozorlarida o‘zini namoyish eta oldi. Oʻzining yuksak xususiyatlari va jozibador narx siyosati tufayli mazkur avtomobil Oʻzbekiston bozoridagi xaridorlarning keng doirasi uchun ajoyib topilmaga aylanishi mumkin. HAVAL DARGO – qulaylik, xavfsizlik, universallik va stilni qadrlaydigan insonlar uchun ideal tanlovdir.

– HAVAL DARGO o‘zining yorqin va unutilmas dizayni bilan yo‘llarda albatta ajralib turadi. U o‘zining so‘ngi urfdagi, zamonaviy, qudratli va tajovuzkor tashqi qiyofasi bilan haydovchilar va yo‘lovchilarning e’tiborini jalb qiladi, – deb taqdimot ishtirokchilaridan biri off-road krossover haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

– HAVAL DARGO – faol hayot tarzi ihlosmandlari uchun ideal hamrohdir. Ushbu ishonchli off-road krossover shahar ko‘chalarida ham, shahardan tashqaridagi yo‘lsizlik sharoitlarida han bemalol harakatlana oladi. Uning yuqori yengib o‘tuvchi qobiliyati va salobatli o‘lchamlari DARGO’ni oilaviy sayohatlar va qiziqarli sarguzashtlardagi tengsiz yordamchiga aylantiradi. Hoh kundalik ish marshrutlari bo‘ladimi, hoh tabiat qo‘yniga sayohatlar bo‘ladimi, ushbu avtomobil qulaylik, xavfsizlik va ajoyib yo‘lsizlikni yengib o‘tish imkonini ta’minlay oladi. Bu universallikni qadrlaydigan va yangi ufqlarni ochishga tayyor bo‘lganlar uchun ajoyib tanlovdir”, – deb taqdimotning yana bir ishtirokchisi avtomobil haqidagi yorqin taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Taqdimot yakunlangandan so‘ng, mehmonlar avtomobilni ko‘zdan kechirish, uning yonida suratga tushish va HAVAL brendining vakillariga o‘zlarini qiziqtirgan qo‘shimcha savollarni berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

HAVAL (Great Wall Motor) avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyuteri ADM Global kompaniyalar guruhidir.

HAVAL krossoverlarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan haval.uz saytida tanishishingiz mumkin.

HAVAL’ning axborot liniyasi: +998 (71) 287-88-88

E-mail: info@haval.uz

Telegram: @haval_uzb

Instagram: @haval_uzbekistan

Facebook: @haval.uz

YouTube: @HavalUzbekistan

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish