19.04.2024

ADM Global kompaniyalar guruhi Tojikistondagi “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasida Kia, CHERY va HAVAL avtomobillarining yangi modellarini taqdim etdi

ADM Global kompaniyalar guruhi Tojikistondagi “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasida Kia, CHERY va HAVAL avtomobillarining yangi modellarini taqdim etdi

Bugun, 2024-yil 19-aprel kuni, Dushanbe shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi munosabati bilan “Made in Uzbekistan” – O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Kia, CHERY, HAVAL avtomobil brendlarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi ham ushbu tadbirda ADM Jizzax klasterida ishlab chiqarilgan avtomobillar bilan ishtirok etmoqda. ADM Jizzax zavodi – xususiy sarmoyalar hisobidan barpo etilgan O‘zbekistondagi ilk avtomobil zavodidir.

Ko‘rgazma ishtirokchilariga: to‘liq ishlab chiqarish tsikli bo‘yicha yig‘ilgan Kia Sonet, shuningdek, yangilangan Kia Sorento (2024 y.), CHERY Tiggo 8 Pro Max va HAVAL H6 kabi krossoverlar taqdim etilgan.

ADM Global kompaniyalar guruhi faoliyati haqidagi batafsil ma’lumotlar adm.uz rasmiy saytida keltirilgan.

O‘zbekistondagi ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilayotgan avtomobillarning xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan esa kia.uz, cheryauto.uz, haval.uz saytlarida tanishish mumkin.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish