- Bosh sahifa
- Yangiliklar
25.10.2024
Haval brendi krossoverlari "Automechanika Tashkent 2024" ko‘rgazmasida namoyish etildi
O‘zbekistonda rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi bo‘lgan Haval (Great Wall Motor) avtomobil brendi shu kunlarda CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tayotgan "Automechanika Tashkent 2024" ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmada mashhur va o‘z mijozlarining qalbini zabt etgan Jolion, H6 va Dargo kabi brend modellarini ko‘rish mumkin. Mazkur modellarning har biri zamonaviy texnologiyalar, qulaylik va o‘ziga xos uslubni o‘zida mujassamlashtiradi.
Haval Jolion o‘zining jo‘shqin dizayni bilan e’tiborni tortadi: yangilangan radiator panjarasi, oyna uchun qora qoplamalari va g‘ildirak arkasi kengaytirgichlari, shuningdek, stop-signalga ega aerodinamik spoyler avtomobilga zamonaviy va ishonchli ko‘rinish beradi. LED faralar har qanday sharoitda a’lo darajadagi ko‘rish sharoitini ta’minlaydi. Krossover mukammal joylashishni sozlab olishga imkon beradigan balandligi va chiqishi bo‘yicha sozlanadigan rul va o‘rindiqlarning elektr yuritmasi bilan jihozlangan. Ikki hududli iqlim-nazorat hamda isitish va shamollatish bilan jihozlangan o‘rindiqlar sovuq kunlarda qulaylikni ta’minlaydi. 64 ta ranglardan birini tanlash imkoniyatiga ega atmosferali yoritgich har bir safarni o‘ziga xos qiladi. 360 gradusli doira bo‘ylab ko‘rish kameralari cheklangan joyda manyovr qilishni osonlashtiradi. Boshqa qulayliklar orasida peshoyna va yuvuvchi tizim forsunkasi, orqa tomonni ko‘rish uchun elektr bilan sozlanadigan oynalar va ko‘p funksiyali rul chambaragi kabi isitadigan opsiyalar to‘plamini ajratib ko‘rsatish lozim bo‘lib, ularning qulayligini kirib kelayotgan qishda baholash mumkin bo‘ladi. 12,3 dyumli rangli sensorli displeyga ega multimedia tizimi, Premium komplektatsiyasi esa tasvir balandligi va burchagini (HUD) sozlaydigan proyeksiyali displeyni o‘z ichiga oladi va haydashda haqiqiy qulaylikni his qilish imkonini beradi
Premium komlektatsiyasi past tezlikda (tirbandlikda) harakatlanish funksiyasiga ega adaptiv kruiz-nazorat (ACC), old tomonga harakatlanayotganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuvdan ogohlantirish tizimi (FCW), piyodalar va velosipedchilarni tanib olish funksiyasiga ega avtomat tarzda ishlaydigan tormozlash tizimi (AEB), aqlli chetlanish funksiyasi (Smart Dodge), chorrahalarni kesib o‘tishda to‘qnashuvlarning oldini olish funksiyasi (AEB Crossroad), yo‘l qismiga qaytish funksiyalariga ega bo‘lgan harakatlanish yo‘l bo‘lagidan chiqish to‘g‘risida ogohlantirish tizimi, ko‘rinmas hududlarni nazorat qilish tizimi va harakatlanish yo‘l bo‘lagini o‘zgartirishda yordam berish tizimi (BSM+LCA), ochiq eshik to‘g‘risida ogohlantirish (DOW), avtomat tarzda avtoturargohga joylashish, orqa tomondan kelib to‘qnashish to‘g‘risida ogohlantirish (RCW), tormozlash funksiyasiga ega bo‘lgan avtoturargohdan orqa tomonga harakatlanib chiqishda yordam berish tizimi (RCTA) kabi funksiyalarni taklif etadi.
Haval H6 saloni qulaylik va funksionallikni uyg‘unlashtirib, yoqimli safarlar uchun kenglik va qulayliklarni taqdim etadi. Standart komplektatsiyada old o‘rindiqlar, elektr bilan sozlanadigan oynalar, peshoyna va yuvuvchi tizim forsunkasi mavjud. "Prestige" va "Premium" turlarida ko‘p funksiyali charm rul chambaragi va old o‘rindiqlar ventilyatsiyasi qo‘shilgan. "Premium" komplektatsiyasida havo sifati uchun ionlashtirish funksiyasiga ega o‘rnatilgan tozalagich javob beradi.
Rux bilan qoplangan kuzov korroziyadan himoyalanish va uzoq muddat foydalanishni ta’minlaydi. 190 mm ga ega yuqori klirens va to‘liq uzatmali tizim a’lo darajadagi o‘tuvchanlikni ta’minlaydi, to‘liq LED optikasi esa har qanday sharoitda ko‘rish imkoniyatini yaxshilaydi.
Shahar va trassada qulaylik yaratish uchun krossoverda tezlikni avtomatik ravishda tartibga soluvchi past tezlikda harakatlanish (TJA) funksiyasiga ega adaptiv kruiz-nazorat (ACC) tizimi mavjud. Xavfsizlik frontal va yon yostiqchalar, tormozlash funksiyasiga ega avtorurgohdan orqa tomonga harakatlanib chiqish assistenti (RCTA), ko‘rinmas hududlarni nazorat qilish tizimi (BSD) va eshiklarni ochishda to‘sqinliklar to‘g‘risida ogohlantirish (DOW) tizimi bilan, piyodalar va velosipedchilarni tanib oluvchi avtomat tarzda favqulodda tormozlash tizimi (AEB) esa har bir safarni xavfsiz va qulay qilish orqali to‘qnashuvlarning oldini olishga yordam berish bilan ta’minlanadi.
Haval Dargo — universallik, qulaylik va xavfsizlikni brutal ko‘rinishida qadrlaydiganlar uchun betakror tanlovdir. Mazkur avtomobil shahar tashqarisiga oilaviy safarlar uchun ham, kundalik ish safarlari uchun ham mos keladi. Krossoverning kapot ostida turbo havo haydagichli dvigatel va bevosita yonilg‘i purkash bilan jihozlangan 4 silindrli benzinli dvigatel mavjud. To‘liq yuritmali 4WD transmissiya va mustaqil podveskalar (Makferson old va mustaqil ikki richagli orqa tomonda) yo‘lsiz sharoitda mukammal o‘tuvchanlikni ta’minlaydi.
Salon safardan to’liq zavq olish uchun yaratilgan. Premium turida lyukga ega manzarali tom qismi atrofni yorug‘lik bilan to‘ldiradi, havoni tozalash va ionlashtirish funksiyasiga ega ikki hududli iqlim-nazorat tizimi esa muqobil mikroiqlimni saqlab turishga xizmat qiladi. Haydovchi va old tomondagi yo‘lovchi uchun tabiiy perforatsiyalangan charmdan ishlangan o‘rindiqlar uzoq safarlarda yon tomondan suyanish va qulaylikni ta’minlaydi. Haydovchi o‘rindig‘ida bel suyanchig’ini sozlash, shuningdek, uqalash funksiyasini o‘z ichiga olgan 8 xil sozlash rejimlari mavjud. Old tomon yo‘lovchi uchun 4 xil sozlash variantiga ega shamollatish tizimi mavjud.
12,3 dyumli ekranga ega multimedia tizimi Apple CarPlay va Android Auto bilan ishlash imkoniga ega. 10,25 dyuymli raqamli qurilmalar paneli va peshoynadagi proyeksiyali displey asosiy ma’lumotlarni, jumladan, dvigatel tezligi, aylanishlar soni, yonilg‘i darajasi va boshqa muhim ko‘rsatkichlarni ko‘rsatadi. 10 ta dinamiklar va subvuferga ega bo‘lgan audiotizim hajmli bo‘lgan tovushni ta’minlaydi. Premium komplektatsiyasida gadjetlarni simsiz quvvatlash tizimi orqali quvvatlash mumkin.
Standart tarzda jihozlanishga zamonaviy o‘g‘irlanishga qarshi texnologiyalarning butun majmuasi, shuningdek, frontal, yon xavfsizlik yostiqchalari; xavfsizlik pardalari; kurs barqarorligini ta’minlovchi elektron tizimlarni, tormozlash va pastga tushishda yordam berish, shinalardagi bosimni nazorat qilis, 360 gradusli doira bo‘ylab kuzatish kameralari kiradi. Harakatlanish rejimlari ("Eko", "Sport", "Standart", "Qor", "Loy", "Qum", "O‘tlar/Shag‘al", "Yo‘ldagi o‘yiqlar") har qanday sharoitga moslashish imkonini beradi.
Xulosada shuni ta’kidlash lozimki, Haval brendi universal va ishonchli yechimlarni taklif qiladi. Xususan, "Automechanika Tashkent 2024" ko‘rgazmasida taqdim etilgan brend krossoverlari ilg‘or texnologiyalar, yuqori darajadagi xavfsizlik va qulaylikni o‘zida mujassam etib, shahar sharoitida ham, yo‘lsiz sharoitda ham qulaylikni ta’minlaydi. Mustahkam konstruksiyalari, zamonaviy opsiyalari va ishonchli o‘tuvchanligi, ularni O‘zbekiston bozorida raqobatbardosh va faol haydovchilar uchun jozibador qiladi.
HAVAL krossoverlarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalar va narxlari bilan siz haval.uz saytida tanishishingiz mumkin.