26.01.2026

HAVAL Dealer Conference 2026: muvaffaqiyatli 2025-yil yakunlari va kelajakka qat’iy qadam

HAVAL Dealer Conference 2026: muvaffaqiyatli 2025-yil yakunlari va kelajakka qat’iy qadam

2026-yil 23-yanvar kuni InterContinental mehmonxonasining konferensiyalar zalida Oэzbekistonning barcha hududlaridan dilerlar, Xitoydan Great Wall Motor bosh qarorgohi vakillari, Yaponiyadan Sojitz Corporation hamkorlari va HAVAL Uzbekistan jamoasini oэzida birlashtirgan HAVAL Dealer Conference 2026 yillik dilerlik konferensiyasi boэlib oэtdi. Ishtirokchilar 2025-yil yakunlarini sarhisob qilib, brendning 2026-yilga moэljallangan strategik ustuvorliklarini belgilab oldilar.

2025-yil HAVAL Uzbekistan uchun tub burilish yili boэldi: sotuvlar oэsishi +165% ni tashkil etdi, HAVAL M6 modeli esa mijozlar ishonchi va dilerlik tarmogэi samaradorligining yuqori darajasini tasdiqlab, bozordagi eng ommabop avtomobillar TOP-10 taligiga kirdi.

Ishbilarmonlik dasturi doirasida mijozlar bilan ishlashning eng yaxshi amaliyotlari, marketing vositalari va 2026-yilga moэljallangan rejalar, jumladan, dilerlik tarmogэini rivojlantirish, xizmat koэrsatish sifatini oshirish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Muhim voqealardan biri 2026-yilda brendning modellar turkumini kengaytiradigan yangi HAVAL V7 modelining e'lon qilinishi boэldi.

"2025-yil yakunlari Oэzbekistonda HAVAL toэgэri yoэnalishda harakatlanayotganini namoyish etdi. Sotuvlarning oэsishi, modellarga boэlgan talabning yuqoriligi va kuchli dilerlik tarmogэi — bu jamoaviy ish va mijozlarimizning ishonchi natijasidir. 2026-yilda biz dilerlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, servisni rivojlantirish va bozorga zamonaviy, raqobatbardosh avtomobillarni taklif etishda davom etamiz", — dedi HAVAL brendining Oэzbekistondagi direktori Dmitriy Sisoyev.

Yil yakunlari boэyicha eng yaxshi dilerlarni taqdirlash marosimi dasturda alohida oэrin egalladi. Taqdirlash marosimida HAVAL Buxoro ("Xalq tanlovi"), HAVAL Andijon ("Ishonch va sifat yetakchisi"), HAVAL Jizzax ("Jadal rivojlanish") va HAVAL Fargэona ("Marketing Drayver") dilerlik markazlari gэolib deb topildi.

HAVAL Dealer Conference 2026 yana bir bor Oэzbekistonda brendning barqaror oэsishi kuchli hududiy jamoalar, ochiq muloqot va uzoq muddatli hamkorlikka asoslangan holda bunyod etilishini tasdiqladi.

Sayt: haval.uz

Telegram-kanal: haval_uzb (http://t.me/haval_uzb)

Telegram-guruh: Haval_Club_Uzb (http://t.me/Haval_Club_Uzb)

Instagram: haval_uzbekistan (https://www.instagram.com/haval_uzbekistan/)

Facebook: haval.uz (https://www.facebook.com/haval.uz/)

YouTube: HavalUzbekistan (https://www.youtube.com/@havaluzbekistan)

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish