24.04.2024

Kia, CHERY, HAVAL, Hyundai Truck avtomobillari “INNOPROM 2024 Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida namoyish etildi

Kia, CHERY, HAVAL, Hyundai Truck avtomobillari “INNOPROM 2024 Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida namoyish etildi

2024-yilning 22-aprelidan 24-apreliga qadar Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKMda “INNOPROM 2024. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Markaziy Osiyodagi savdo-sanoat hamkorligining ushbu muhim tadbirida Kia, CHERY, HAVAL, Hyundai Truck & Bus avtomobil brendlarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi ishtirok etdi.

Ko‘rgazmaning to‘rtinchi sonli pavilyonida tashrif buyuruvchilar ADM Global kompaniyalar guruhining birinchi stendini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu aylanma konstruksiyalik stendda, avtomobilning O‘zbekistonda mahalliylashtirilib ishlab chiqarilgan qismlari turli ranglarda aks ettirilgan, yakuniy yig‘ilishi esa xususiy sarmoyalar evaziga qurilgan O‘zbekistondagi ilk avtomobil zavodi bo‘lmish ADM Jizzax zavodida amalga oshirilgan Kia Sonet taqdim etildi.

Tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, birinchi stend qarshisidagi ochiq ko‘rgazma maydonida ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan brendlarning Kia Sorento (2024-y.), Kia Sonet, Kia Carens, Kia K5 (Chinese Version), CHERY Tiggo 8 Pro PHEV, HAVAL Dargo, HAVAL Wingle 7 va Hyundai Truck Mighty kabi avtomobillari taqdim etildi.

Ta’kidlash joizki, stendlar katta qiziqish uyg‘otdi va ko‘plab ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarini o‘z atroflariga to‘pladi.

“INNOPROM 2024. Markaziy Osiyo”da ADM Global kompaniyalar guruhi va Ucell uyali aloqa operatori bo‘lgan “COSCOM” MChJ o‘rtasida strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Tadbir doirasida, shuningdek, sanoat hamkorligini kengaytirish, sanoatni rivojlantirishning yangi nuqtalarini aniqlash, ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash, shuningdek, qo‘shma ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlarining hokimiyat organlari, biznes va assitsiatsiyalar vakillarining ishchi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

ADM Global kompaniyalar guruhi faoliyati haqidagi batafsil ma’lumotlar ADM rasmiy saytida keltirilgan.

ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan O‘zbekistonda taqdim etiladian avtomobillarning xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan Kia, CHERY, HAVAL, Hyundaitrucks saytlarida tanishishingiz mumkin.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish