08.01.2025

Kia, Chery va Haval brendlari avtomobillarining sotuvi: 2024-yil dekabr oyi va umumiy yil yakunlari bo‘yicha

Kia, Chery va Haval brendlari avtomobillarining sotuvi: 2024-yil dekabr oyi va umumiy yil yakunlari bo‘yicha

KIA

2024-yil dekabr oyida Kia brendi avtomobillarining sotuvi

2024-yil dekabr oyida Kia brendining 2125 dona avtomobillari sotilgani, brendning iste’molchilar orasida yuqori talabga ega ekanligini tasdiqladi. Sonet krossoveri o‘zgarmas yetakchi sifatida namoyon bo‘lib, uning ulushi sotilgan avtomobillar umumiy sonining 62,92 foizi yoki 1337 donani tashkil etdi. Yetakchi beshtalikni Sportage (190 dona), Sorento (185 dona), K5 (155 dona), Seltos (113 dona) modellari egalladi.

news

Kia avtomobillari sotuvi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar poytaxt, Samarqand va Buxoro viloyatlariga to‘g‘ri keldi.

news

Kia xaridorlarining dekabr oyidagi tarkibi tahlili namoyoni, brend avtomobillari umumiy xaridorlar ichida erkaklar orasida (68 foiz) ommabopligicha qolganligidan xabar bermoqda. O‘z navbatida, avtomobillarning 32 foizini ayollar sotib olishdi. Yosh taqsimoti shuni ko‘rsatadiki, Kia avtomobillariga eng ko‘p qiziqish 30-39 yoshdagi (31,3 foiz) xaridorlarga to‘g‘ri keladi, ulardan keyin 40-49 yosh (27,6 foiz) va 50-59 yosh (19,3 foiz) guruhlari keladi. 18-29 yoshdagi yoshlar jami xaridorlarning 9,7 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 60-69 yoshdagi xaridorlar ulushi 10,9 foiz, 70 yoshdan oshgan xaridorlar ulushi esa 1,1 foizni tashkil etdi.

Kia 2024-yil davomida: sotuvlar va bozor yetakchilari

2024-yilda Kia kompaniyasi 19 390 dona avtomobillarni sotib, o‘z modellarining ishonchligi, jozibador dizayni va universalligi tufayli bozorda o‘z o‘rnini mustahkamladi.

Ixcham va zamonaviy Kia Sonet modeli sotuvda yetakchi bo‘ldi. Mazkur krossover o‘zgacha uslub, qulaylik va hamyonbop narx o‘rtasidagi muvozanatni izlayotganlar uchun mukammal yechimdir. Yil davomida 7 739 nafar kishi Sonet egalariga aylanib, bu barcha sotilgan Kia avtomobillarining 40 foizini tashkil qildi.

Ikkinchi o‘rinda keng salon, zamonaviy dizayn va ilg‘or texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan afsonaviy Kia Sportage. Ushbu avtomobilni 3 314 nafar xaridor (17 foiz) tanladi.

Kia K5 biznes-klassining hashamatli sedani ishonchli tarzda uchinchi o‘rinni egalladi. Mazkur avtomobilning sport qiyofasidagi dizayni va premium darajadagi qulayligi sababli 3 070 nafar kishini (16 foiz) o‘ziga jalb etdi.

To‘rtinchi o‘rinni oilaviy krossover bo‘lib hisoblangan Kia Sorento egalladi. Uning keng saloni, harakatlanish xususiyati va zamonaviy jihozlanishi, 2 022 nafar xaridorlar (10 foiz) uni tanlab olishiga sabab bo‘ldi.

Ixcham va shiddatli Kia Seltos yetakchi beshlikni yakunlab beradi. Ushbu krossover shahar bo‘ylab safarlar va faol hayot tarzi uchun juda mos keladi. Yil davomida mazkur modeldan 1 374 donasi (7 foiz) sotilgan.

news

O‘zbekiston hududlari bo‘yicha muvaffaqiyat geografiyasi

2024-yilda Kia avtomobillari O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘z egalarini topib, butun mamlakat bo‘ylab brendga yuqori qiziqishni namoyish etdi. Eng ko‘p avtomobillar poytaxtda sotilgan. Toshkentda 7 157 dona Kia avtomobillari sotilib, umumiy sotuv hajmining 37 foizini tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinda Samarqand viloyati bo‘lib, u yerda 1 815 dona avtomobillar (9 foiz) sotilgan. Uchinchi o‘rinni 1 498 dona sotilgan mahsulotlari (8 foiz) bilan Buxoro viloyati egalladi. Qashqadaryo viloyati 1 377 dona avtomobillarni (7 foiz) sotgan holda to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Farg‘ona viloyati 1 022 dona sotilgan avtomobillari (5 foiz) bilan yetakchi beshlikni yakunlab berdi.

CHERY

news

2024-yil dekabr oyi: sotuv bo ‘yicha natijalari va yetakchilari

2024-yil dekabr oyida Chery brendi 828 dona avtomobillari sotuvlarini amalga oshirib, ishonchli talab mavjudligini namoyish etdi.

Arrizo 6 Pro 561 dona avtomobillar sotuvi bilan mutlaq yetakchiga aylandi va umumiy hajmning 67,8 foizini tashkil qildi. Ikkinchi o‘rinda – Tiggo 7 Pro, mazkur avtomobil 239 nafar xaridorlar (29,9 foiz) tomonidan tanlangan. Tiggo 8 Pro uchlikni (shu jumladan Pro Max modifikatsiyasi) 28 dona sotilgan avtomobillari (3,4 foiz) bilan yakunladi.

news

Dekabr oyida sotuv geografiyasi

Toshkent shahri dekabr oyidagi sotuvlar hajmidagi 26,93 foiz ulushi bilan brend uchun asosiy bozorga aylandi. Boshqa hududlar quyidagi tartibda joylashdi:

Buxoro viloyati – 13,29 foiz;

Samarqand viloyati – 12,2 foiz;

Qashqadaryo viloyati – 8,45 foiz;

Navoiy viloyati – 7,61 foiz;

Qolgan hududlar – 31,52 foiz.

news

Chery turli toifadagi mijozlarni jalb qiladi:

Gender taqsimoti bo‘yicha: xaridorlarning 73,4 foizi erkaklar, 26,6 foizini esa ayollar tashlik qildi.

Yoshi bo‘yicha: mijozlarning 71,7 foizi 35 yoshdan katta, 26,6 foizi 35 yoshdan kichik bo‘ldi.

2024-yil natijalari

Yil davomida Chery keng jamoatchilik tomonidan qabul qilingan sifatli avtomobillarni taklif qilish orqali o‘z o‘rnini mustahkamlab bordi. Tiggo 7 Pro modeli 3484 dona sotilgan avtomobillari (yillik sotuv hajmining 46,3 foizi) bilan bestsellerga aylandi. Ikkinchi o‘rinni 3307 dona (44 foiz) avtomobillari bilan Arrizo 6 Pro egalladi. Tiggo 8 Pro (shu jumladan Pro Max) 727 dona avtomobillari sotilishi (9,7 foiz) evaziga uchinchi o‘rinni egalladi.

news

2024-yilning geografik natijalari

Yil yakuniga ko‘ra, Toshkent sotuv bo‘yicha yetakchiga aylandi – 35,58 foiz.

Buxoro viloyati – 13,33 foiz;

Samarqand viloyati – 9,68 foiz;

Qashqadaryo viloyati – 7,89 foiz;

Navoiy viloyati – 6,73 foiz;

Qolgan hududlar yillik hajmning 26,79 foizini tashkil qildi.

news

Gender taqsimoti bo‘yicha: avtomobillarning 71 foizini erkaklar, 29 foizini esa ayollar sotib oldi. Yoshi bo‘yicha: xaridorlarning 73,4 foizini 35 yoshdan katta, 26,6 foizini esa 35 yoshdan kichik bo‘lgan mijozlar tashkil etdi.

HAVAL

news

2024-yil dekabr natijalari

Yilning so‘nggi oyida HAVAL brendining (Great Wall Motor) 590 dona krossoverlari sotildi. M6 bestsellerga aylanib, uning 347 dona avtomobillari yangi egalarini topishi, dekabr oyidagi umumiy sotuv hajmining 58,8 foizini tashkil qildi. Ommabopligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni JOLION modeli 192 dona krossoverlari bilan egallashi, uni 32,5 foiz ulushga mos ekanligini ko‘rsatdi. Uchinchi o‘rinni sotuv hajmi 30 dona avtomobillarni tashkil qilgan yoki 5,1 foiz bo‘lgan H6 egalladi. Ushbu ro‘yxatni 21 nafar (3,6 foiz) xaridorlar tanlagan DARGO modeli yakunlaydi.

news

Dekabr oyida sotuv geografiyasi barcha hududlarda barqaror talabni namoyish etdi. Sotilgan avtomobillar ulushi bo‘yicha Buxoro viloyati yetakchilik qilib, umumiy hajmning 22,88 foizni tashkil qilgan ko‘rsatkichni namoyon qildi. Ikkinchi o‘rinni egallagan Toshkent shahri 19,49 foizli natijani ko‘rsatdi. Samarqand viloyati (12,03 foiz) va Navoiy viloyati (11,53 foiz) ham brendga yuqori qiziqish mavjudligini bildirdi. Surxondaryo viloyati 10,17 foiz ulush bilan yetakchi beshlikni yakunlagan bo‘lsa, boshqa hududlar birgalikda 23,9 foizni tashkil etdi.

Demografik ma’lumotlarga ko‘ra, dekabr oyida xaridorlarning 80,2 foizini erkaklar, 19,8 foizini esa ayollar tashkil etdi. Avtomobillarni asosan 35 yoshdan oshgan xaridorlar (79,6 foiz) tanlagan bo‘lsa, 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 20,4 foizni tashkil etdi.

2024-yil yakunlari

Yil davomida HAVAL avtomobillarining umumiy sotuv hajmi 3316 donaga yetdi. Yil oxirida M6 modeli yana yetakchi sifatida namoyon bo‘lib, uning 1945 donasi o‘z egasini topganligi bois, yillik hajmning 58,7 foizini tashkil qildi. Ikkinchi o‘rinni sotilgan 853 dona krossoverlari (25,7 foiz) bilan JOLION modeli egalladi. Uchinchi o‘rinda 358 dona avtomobillari (10,8 foiz) bilan H6 joylashdi. Modellar ro‘yxatini 157 nafar xaridor (4,7 foiz) tomonidan tanlangan DARGO yakunlab berdi. 2024-yilning kuzida O‘zbekiston avtomobil bozorida rasman paydo bo‘lgan GWM WINGLE 7 pikaplaridan 3 donasi sotilganligini alohida ta’kidlash joiz.

news

Toshkent shahri umumiy sotuv hajmining 28,02 foizini ta’minlab, yil yakuni bo‘yicha mutlaq sotuv yetakchisiga aylandi. Buxoro viloyati 20,05 foizli ko‘rsatkichni namoyon etgan bo‘lsa, Samarqand viloyati yetakchi uchlikni yakunlab, 13,66 foizli natijani qayd etdi. Surxondaryo viloyati 13,63 foiz va Andijon viloyati 9,8 foiz bilan brendga barqaror qiziqish mavjudligini tasdiqladi, qolgan hududlar esa jami 14,8 foizni tashkil etdi.

Jismoniy shaxslar orasida yil davomida xaridorlarning 76,4 foizini erkaklar, 23,6 foizini esa ayollar tashkil etdi. 35 yoshdan oshgan xaridorlar 79,5 foiz ulushni egallab, ustunlik qilishda davom etdi, 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar esa 20,5 foizli ko‘rsatkichni ko‘rsatdi.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish