- Bosh sahifa
- Yangiliklar
21.02.2025
KIA Qazaqstan delegatsiyasi ADM Jizzakh zavodiga tashrif buyurdi

2025-yilning 17-20-fevral kunlari KIA Qazaqstan delegatsiyasi turli soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish maqsadida ADM Jizzakh zavodiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibi 24 kishidan iborat bo‘lib, unga “KIA Qazaqstan” MChSh boshqaruv direktori Roman Glushenko boshchilik qildi.
Bunday hamkorlik xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi hamda hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga yordam beradi.





