08.04.2025

Mart oyida Kia, CHERY va HAVAL brendlari avtomobillari sotuvining barqaror sur’atlarda o‘sishi

Mart oyida Kia, CHERY va HAVAL brendlari avtomobillari sotuvining barqaror sur’atlarda o‘sishi

Kia brendining 1700 dan ortiq avtomobillari o‘z egalarini topdi

2025-yilning mart oyida O‘zbekistonda Kia brendining 1741 dona avtomobillari sotildi. Bu xususiy va korporativ mijozlar tomonidan brendga bo‘lgan barqaror qiziqishning tasdig‘idir.

Sonet: shahar krossoverlari segmentida ishonchli yetakchi

Mart oyidagi umumiy sotuv hajmining 70 foizdan ortig‘i Kia Sonet’ga to‘g‘ri kelib, 1235 donani tashkil etdi. Ushbu krossover dizayn, yuqori texnologiya va egalik qilish qiymatining uyg‘unligi tufayli modellar turkumida yetakchilikni mustahkam ushlab turibdi.

Keyingi o‘rinlarni quyidagi top-5 modellar egalladi:

  • Sportage - 125 dona avtomobillar (7,2 foiz);
  • Sorento - 110 dona avtomobillar (6,3 foiz);
  • K5 - 102 dona biznes-sedan avtomobillari (5,9 foiz);
  • Seltos - 42 dona avtomobillar (2,4 foiz).

Modellarning har biri o‘z iste’molchi auditoriyasini topib kelmoqda - pragmatik xaridorlardan tortib keng hajm, qulaylik va mavqeni tanlaydiganlargacha.

Sotuv geografiyasi: poytaxt va hududlar

Kia avtomobillariga bo‘lgan yuqori qiziqish an’anaviy ravishda Toshkent shahrida saqlanib qolayotgan bo‘lib, bu hududga umumiy sotuv hajmining 37 foizi sotilgan. Keyingi o‘rinlarni quyidagilar egalladi:

  • Toshkent viloyati - 8,5 foiz;

Samarqand viloyati - 8,4 foiz;

  • Qashqadaryo viloyati - 7,6 foiz;
  • Buxoro viloyati - 6,4 foiz.

Qolgan hududlar ulushi 32,1 foizni tashkil etadi - bu raqam joylashgan joyidan qat’i nazar, butun mamlakat bo‘ylab barqaror talabni namoyon etadi.

Xaridor portreti: Kia’ni kim tanlaydi?

Jismoniy shaxslar orasida yangi Kia egalarining 64,7 foizi erkaklardir. Ayollar 35,3 foizni tashkil etib, faol ayollar auditoriyasining brendga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Yosh bo‘yicha guruhlarning taqsimoti quyidagicha:

  • 40-49 yosh - 27 foiz;
  • 30-39 yosh - 21 foiz;
  • 50-59 yosh - 20 foiz;
  • 18-29 yosh - 17 foiz;
  • 60-69 yosh - 13 foiz;
  • 70 yosh va undan kattalar - 2 foiz.

Shunday qilib, xaridorlarning asosiy qismini 30 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan mijozlar - yetuk va iqtisodiy jihatdan faol auditoriya tashkil etadi.

2025-yil mart oyi natijalari Kia brendining O‘zbekiston bozoridagi yuqori raqobatbardoshligini tasdiqlaydi. Sonet modeli o‘sib borayotgan raqobat sharoitida barqaror talabni namoyish etib, sotuv flagmani bo‘lib qolmoqda. Hududlar bo‘yicha sotuvlar bir tekis geografik diversifikatsiya, auditoriya qamrovi esa turli yosh toifalarida brendning barqaror jozibadorligini ko‘rsatmoqda.

CHERY brendi ostidagi avtomobillar sotuvining fevral oyiga nisbatan 20,9 foizga o‘sishi

2025-yilning mart oyida O‘zbekistonda CHERY brendining 660 dona avtomobillari sotildi - bu ko‘rsatkich joriy yilning fevral oyiga nisbatan 20,9 foizga ko‘p ekanligini ko‘rsatdi. Sotuvning ishonchli sur’ati mijozlar tomonidan ishonchning ortib borayotgani va brendning modellar turkumiga barqaror qiziqish mavjudligidan dalolat beradi. Shunisi e’tiborga sazovorki, xaridorlarning afzalliklari bir vaqtning o‘zida bir nechta modellar o‘rtasida taqsimlandi - ularning har biri o‘z auditoriyasiga ega bo‘ldi.

Sotuv yetakchilari: har bir toifadagi maqbul tanlov

Mart oyida Arrizo 6 Pro sedani eng ommabop avtomobil sifatida namoyon bo‘ldi - 261 dona avtomobillar o‘z egasini topdi, bu CHERY bir oylik sotuvining 39,6 foizini tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich bir oy avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 42,5 foizga ko‘p bo‘ldi. Zamonaviy dizayn, yuqori texnologiya va muvozanatlashtirilgan narx ushbu modelni kundalik hayotda qulaylikni qadrlaydiganlar uchun eng maqbul tanlovga aylantirdi.

Funksional qulaylik va ilg‘or texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan Tiggo 7 Pro 220 nusxada sotilgan bo‘lib, bu mart oyidagi sotuvlarning 33,3 foiziga teng hisoblanadi. Mazkur avtomobil o‘z segmentidagi eng talabgir SUV lardan biri sifatida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda.

Ixcham, ammo sig‘imli bo‘lgan Tiggo 2 Pro ni 136 nafar xaridorlar (20,6 foiz) sotib oldi. Ushbu model shaharga safar qilish va faol turmush tarzi uchun maqbul tanlovdir.

Flagman versiyalari - Tiggo 8 Pro va Tiggo 8 Pro Max - maksimal qulaylik va texnologik qulaylikni tanlaydiganlar orasida o‘z o‘rnini egalladi. Mart oyida mazkur avtomobillar 43 dona (6,5%) sotildi.

O‘zbekiston xaritasida joylashgan CHERY: sotuv geografiyasi

Toshkent shahri yana eng faol hudud sifatida bo‘ldi - bu yerda mart oyida sotilgan barcha CHERY avtomobillarining 32,7 foizi sotilgan. Keyingi o‘rinlarni 13,6 foiz bilan Samarqand viloyati va 10,3 foiz bilan Qashqadaryo viloyati joy oldi. Navoiy va Buxoro viloyatlari ham mos ravishda 8,3 foiz va 8,2 foiz ko‘rsatkichlari bilan kuchli beshlikka kirdi. Sotuvning qolgan qismi -butun mamlakat bo‘ylab taqsimoti (26,9%) bo‘lib, bu brendning keng tarqalganligi va unga har tomonlama qiziqish mavjudligini ko‘rsatadi.

CHERY’ni kim tanlamoqda: xaridor profili

Gender taqsimoti barqaror bo‘lib qolmoqda: xaridorlarning 69 foizi erkaklar, biroq ayollar ulushi ham o‘sib bormoqda va mart oyida 31 foizni tashkil etdi. Bu CHERY turli ustuvorliklar va turmush tarziga ega haydovchilar uchun mos keladigan universal brend sifatida qabul qilinishini ko‘rsatadi.

Yoshi bo‘yicha 30 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan mijozlar eng yuqori faollikni ko‘rsatadi: 30-39 yosh toifasida 33,3 foiz, 40-49 yoshda esa 32,9 foiz. Bu ishonchlilik, funksionallik va zamonaviy texnologiyalarga yo‘naltirilgan auditoriyadir. 50-59 yoshdagi xaridorlar ham sezilarli ulushni tashkil etdi (17,4 foiz), 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar esa mijozlar umumiy sonining 10 foizini namoyon qildi. Brendga qiziqish keksa avlod orasida ham kuzatilmoqda - 60 yoshdan oshgan xaridorlarning ulushi 6,4 foizni tashkil etdi.

Mart oyi natijalari CHERY brendi O‘zbekistonda o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etayotganini tasdiqlamoqda. Modellarning keng turkumi, texnologik qulayligi, narx va sifatning maqbul nisbati, shuningdek, hududlarda ishonchli joylashuvi CHERY’ni mamlakat avtomobil bozoridagi asosiy o‘yinchilardan biriga aylantirmoqda. Brendga bo‘lgan qiziqish mijozlar ishonchi bilan birgalikda ortib bormoqda.

HAVAL brendi avtomobillari sotuvining barqaror sur’atlarda o‘sishi

2025-yilning mart oyida O‘zbekistonda 461 dona HAVAL (Great Wall Motor) avtomobillari sotilgan bo‘lib, mazku ko‘rsatkich fevral oyiga nisbatan 15,2 foizga ko‘pdir. Brend modeliga bo‘lgan barqaror talabning mavjud bo‘lishi xaridorlar tomonidan yuqori darajadagi ishonchni tasdiqlaydi. Qaysi modellar eng talabgor va qaysi hududlar eng faol sotuvlarga ega bo‘ldi? Tafsilotlarni ko‘rib chiqamiz.

2025-yil mart oyida HAVAL M6 sotuv bo‘yicha yetakchiligini saqlab qoldi - sotilgan krossoverlar soni 217 donani tashkil etgan bo‘lib, mazkur brendning umumiy sotuv hajmining 47,2 foizini tashkil etdi. Ushbu avtomobil o‘zining qulayligi, sig‘imi va maqbul darajadagi opsiyalar to‘plami bilan o‘ziga jalb qiladi. Kundalik foydalanishda qulaylik hamda egalik qilish va xizmat ko‘rsatishda hamyonbopligini qadrlaydiganlar, uni ma’qul ko’rib, tanlab olishadi.

HAVAL JOLION reytingning ikkinchi o‘rinini egalladi - 155 dona sotilgan avtomobillar (33,7 foiz). Ushbu shahar muhiti uchun mo‘ljallangan krossover zamonaviy dizayn, manyovr qilish qobiliyati va texnologiyalar bo‘yicha o‘ziga xos imkoniyatlarni o‘zida mujassam etgan. Uchinchi o‘rinni 46 dona sotilgan avtomobillari (10,0 foiz) bilan HAVAL H6 egalladi - yuqori darajadagi qulaylik va ilg‘or xavfsizlik tizimlariga ega model.

Barcha yo‘llarda o‘tish qobiliyati yuqori, qudratli va brutal qiyofaga ega HAVAL DARGO ni 36 nafar avtohavaskorlar tanlashdi. Mustahkam materiallar, intellektual xavfsizlik tizimlari va yuqori darajadagi klirens tufayli ushbu yo‘ltanlamas turli xil foydalanish sharoitlari uchun universal yechim sifatida o‘zini namoyish etdi va hatto eng talabchan haydovchilarning ham ehtiyojlarini qondira oldi.

Mart oyida GWM WINGLE 7 ni 7 nafar xaridorlar sotib olishdi. Pikap qudratli va qulay avtomobilga muhtoj bo‘lganlarning e’tiborini jalb qilishda davom etmoqda. U yuk ko‘tarish, barcha yo‘llarda o‘tish qobiliyati va tejamkorlikni o‘zida mujassam etgan bo‘lishi tufayli uni ish maqsadida va faol dam olish uchun eng maqbul tanlovga aylantiradi.

O‘zbekistonda HAVAL brendi avtomobillari sotuvining eng katta hajmi poytaxtga to‘g‘ri keldi - Toshkentda umumiy hajmning 31,7 foizi sotilgan. Ikkinchi o‘rinda 17,6 foiz ulush bilan Buxoro viloyati, keyingi o‘rinlarda Samarqand (9,6 foiz), Navoiy (9,1 foiz) va Qashqadaryo (8,7 foiz) viloyatlari qayd etilgan. Qolgan hududlar sotuvning 23,3 foizini ta’minladi.

Jismoniy shaxslar o‘rtasidagi gender taqsimoti shuni ko‘rsatadiki, avtomobil egalarining 73,4 foizini erkaklar, 26,6 foizini esa ayollar tashkil etadi.

HAVAL avtomobillariga 40-49 yoshdagi (32,8 foiz) va 30-39 yoshdagi (31,0 foiz) xaridorlar ko‘proq qiziqish bildirmoqda. Keyingi o‘rinlarni 50-59 yosh (19,4 foiz), 60-69 yosh (9,6 foiz) va 18-29 yosh (6,5 foiz) guruhlari egallagan. 70 yoshdan oshgan xaridorlar umumiy sonining 0,8 foizini tashkil etadi.

Mart oyi natijalari HAVAL brendi avtomobillari O‘zbekiston bozorida ishonch qozonishda davom etayotganini namoyish etmoqda. Ilg‘or texnologiyalar, yuqori darajadagi xavfsizlik va qulaylikning maqbul uyg‘unligi brendni avtomobil ishqibozlari uchun eng jalb qiluvchi takliflardan biriga aylantiradi. HAVAL - ishonchli va zamonaviy avtomobil izlayotganlar uchun maqbul tanlov.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish