21.04.2025

Qudrat, texnologiyalar va drayv: HAVAL brendi DARGO test-drayvini uyushtirdi va yangi H9 ni taqdim etdi

Qudrat, texnologiyalar va drayv: HAVAL brendi DARGO test-drayvini uyushtirdi va yangi H9 ni taqdim etdi

2025-yil 12-aprel kuni ADM Global kompaniyalar guruhi, HAVAL (Great Wall Motor) avtomobil brendining O'zbekistondagi rasmiy distribyutorlari tomonidan ilg'or texnologiyalar va hayratlanarli o'tuvchanlik qobiliyatini o'zida mujassam etgan qudratli va o'ziga xos yo'ltanlamas turkumidagi DARGO krossoverining keng ko'lamli test-drayvi tashkil etildi. Ishtirokchilarni nafaqat trassa yo'li va yo'lsizlik hududidagi sinovlar, balki mamlakatimiz avtomobil bozoridagi yorqin yangilik - yangi HAVAL H9 ning eksklyuziv taqdimoti ham kutayotgan edi. Drayv muhiti, raqobat ruhi, qulaylik va innovatsiyalar - bularning barchasi avtomobil ishqibozlari, qiziqish bildirgan xaridorlar va ommaviy axborot vositalarini bir kunda birlashtirdi.

HAVAL dunyosiga xush kelibsiz

Tadbir Sergelida joylashgan HAVAL dilerlik markazida boshlanib, u yerda mehmonlarni hayajonli musiqa, fotosuratlar uchun maydon, shirinliklar va samimiy muhit kutib oldi. Start boshlanishidan avval - brifing, avtomobil bilan tanishuv va interaktiv kvest o'tkazilib, unda har bir qatnashuvchi safar oldidan DARGO funksiyaviy salohiyatini his qila olish imkoniyatiga ega bo'ldi.

HAVAL DARGO - o'ziga xos bo'lgan krossover

DARGO boshqaruvidagi dastlabki daqiqalardanoq ma'lum bo'lmoqdaki - bu avtomobil har qanday sinovlarga tayyor.

2.0 Turbo, 192 ot kuchi, 320 N·m

Klirens 200 mm va 4WD

Haydovchiga yordam berish tizimlari, jumladan 360° kameralari, AEB, yo'l qismida ushlab turish va boshqalar

Qulaylik imkoniyatlardan qolishmaydi: ventilyatsiya va uqalash tizimlariga ega o'rindiqlar, ionizatsiya funksiyasiga ega ikki hududli iqlim-nazorati, manzarali tom qismi, Apple CarPlay va Android Auto tizimlari ishlaydigan 12,3 dyuymli ekranga ega multimedia.

"Tepaliklar, loy, toshlar - ishonchli tarzda harakatni amalga oshirmoqda. Salon ichi tinch, qulay - xuddi trassa yo'lda ketayotgandek singari", - deydi o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashgan Timur ismli ishtirokchi.

Harakatlanish yo'nalishi: shahardan tortib yo'lsiz hududgacha

Uzunligi 50 km dan ortiq bo'lgan harakatlanish yo'nalish shahar transporti, trassa yo'li va yo'lsiz hududni o'z ichiga olgan edi. DARGO to'liq uzatma va zamonaviy yordamchilari tufayli tik qiyaliklar, notekisliklar va loy tuzoqlarini osonlikcha yengib o'tdi.

"DARGO - bu shunchaki o'ziga xos uslub emas, bu haqiqiy yo'ltanlamas. Birinchi burilishdayoq ko'nglimga yoqdi", - deydi ishtirokchi Abror.

HAVAL H9 - uzoq kutilgan premyera

Test-drayvdan so'ng, katta yo'llar va katta rejalar uchun jiddiy yo'ltanlamas bo'lgan yangi HAVAL H9 bilan birinchi tanishuv bo'lib o'tdi. U o'zining qudratli tashqi ko'rinishi va puxta ishlangan interyeri bilan mehmonlarda darhol qiziqish uyg'otdi.

"H9 hoziroq sarguzashtlarga tayyordek ko'rinmoqda. Qudratli, baland, ishonchli", - dedi SUV ishqibozi Umid.

Hayajonli final

Kun yorqin kayfiyatda yakunlandi: furshet, jonli musiqa, sovg'alar va tashkilotchilarning minnatdorchiligi.

HAVAL shunchaki avtomobillar emas, balki texnologiyalar, qulaylik va o'tuvchanlik qobiliyati bir butun bo'ladigan tajribani yaratishini yana bir bor isbotladi.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish