- Bosh sahifa
- Yangiliklar
08.01.2026
Dekabr oyida rekord darajadagi avtomobil sotuvlari: Kia +26,7%, Chery +50,5% va Haval +64,2%
2025-yil dekabr oyi Ozbekiston bozorida Kia, Chery va Haval avtomobil brendlari uchun eng sermahsul oylardan biri ga aylandi – 5 611 dona avtomobil sotildi.
Barcha uchta brend boyicha sotuvlarning osishi yuqori iste'mol talabi, puxta oylangan mahsulot strategiyasi va dilerlik tarmogi ishining samaradorligini tasdiqlaydi.
Kia
2025-yil dekabr oyida Ozbekistonda 2 898 dona Kia avtomobili sotilgan bolib, ushbu korsatkich noyabr oyiga nisbatan 26,7 foizga oshgan. Brend ommaviy modellarning yuqori ulushi va keng turdagi turkumi tufayli bozorda yetakchi orinni ishonchli ravishda saqlab qolmoqda.
Kia'ning 2025-yil dekabr oyidagi sotuvlar tarkibi:
- Sonet – 2557 dona ixcham krossover. Model dekabr oyida brendning umumiy sotuv hajmining 88 foizini tashkil etib, noyabr oyiga nisbatan 27,8 foizga osishni korsatdi.
- Sportage – 130 dona krossover.
- K5 – 87 dona dona biznes toifadagi sedan.
- Sorento – 29 dona krossover.
- Seltos – 27 dona krossover.
- Bongo – 20 dona tijorat avtomobili.
- Carens va K8 – xar biri 14 donadan.
- Carnival – 10 dona krossven.
- Cerato – 7 dona ixcham sedan.
- K9 – 3 dona nufuzli toifadagi sedan.
Kia 2025-yilni ommaviy segmentdagi yuqori talabga tayanib, kutilgan yuqori natija bilan yakunlamoqda. Sonet'ning ustunligi asosiy sotuv hajmini ta'minlaydi, yuqori toifali modellarning mavjudligi esa Kia'ning bozorda universal va barqaror brend sifatidagi obrosini oshiradi.
Chery
Chery'ning 2025-yil dekabr oyidagi sotuvlari 1 425 dona avtomobilni tashkil etib, noyabr oyiga nisbatan 50,5 foizga kop boldi. Brend sedan va krossoverlar ortasida muvozanatli bolgan talabning tarkibini namoyish etmoqda.
Chery'ning 2025-yil dekabr oyidagi sotuvlar tarkibi:
- Arrizo 6 Pro – 574 dona sedan. Chery dekabr oyidagi eng talabgir model bolib, u umumiy sotuvning 40 foizini ta'minladi va noyabr oyiga nisbatan 96,5 foizga osdi.
- Tiggo 7 Pro – 565 dona krossover.
- Tiggo 8 Pro – 139 dona krossover.
- Tiggo 2 Pro – 131 dona ixcham krossover.
- Arrizo 8 PHEV – 16 dona biznes toifadagi sedan.
Chery dekabr oyini Arrizo 6 Pro va Tiggo 7 Pro ommabopligi tufayli sezilarli darajada osish bilan yakunlab, birgalikda brend sotuvlarining qariyb 80 foizini tashkil etdi. Ushbu modellarga bolgan yuqori talab xaridorlarning sedan va krossoverlarga bolgan barqaror qiziqishini tasdiqlaydi va brendga yilni ishonch bilan yakunlash imkonini beradi.
Haval
2025-yil dekabr oyida 1 288 dona Haval avtomobili sotilgan bolib, ushbu korsatkich noyabr oyiga nisbatan 64,2 foizga kopdir. Brend krossover segmentida eng yuqori osish sur'atlaridan birini namoyish etdi.
Haval'ning 2025-yil dekabr oyidagi sotuvlar tarkibi:
- M6 – 566 dona krossover. Ushbu modelning ulushiga dekabr oyida Haval'ning barcha sotuvlarining deyarli yarmi - 44 foizi togri keldi va sotilgan avtomobillar korsatkichi noyabr oyiga nisbatan 40,4 foizga oshdi.
- Jolion – 531 dona krossover.
- H6 – 156 dona krossover.
- H9 va Dargo – xar biri 16 donadan krossover.
- GWM Wingle 7 – 3 dona pikap.
Haval dekabr oyini M6, Jolion va H6 kabi barcha asosiy modellar tufayli rekord darajadagi sotuvlar bilan yakunlamoqda. Har bir turkum boyicha faol osish xaridorlarning barqaror qiziqishini korsatmoqda va yangi yil uchun mustahkam poydevor yaratib, krossoverlar segmentida brend mavqeini mustahkamlamoqda.