- Bosh sahifa
- Kompaniyalar guruhi
- Zavodi yangiliklari
22.09.2025
«ADM STREET ART CHALLENGE»: muralchi (devor yuzasida surat chizuvchi)lar uchun ochiq tanlov

ADM Jizzakh devor bezovchi rassomlar uchun "ADM STREET ART CHALLENGE" ochiq ijodiy tanlovi boshlanganini e'lon qiladi. Tanlov butun mamlakat bo'ylab ishtirokchilarni zavod hududidagi bino-inshootni bezab turuvchi noyob devoriy panno yaratishga taklif etadi.
Ijodiy ishlar mavzusi va uslubi
- Ishtirokchi yoshi: 18 yoshdan boshlab, tavsiya etiladigan yosh oralig'i - 18-35.
- Ijodiy ishga qo'yiladigan talablar: Ijodiy ish 100% muallifga tegishli bo'lishi, o'zlashtirmalarsiz va sun'iy intellekt tomonidan yaratilmagan bo'lishi kerak.
- Mavzu: O'zbekiston avtomobil sanoati, shuningdek, mutafakkir-muhandislar siymosi. Ijodiy yondashuv ma'qul ko'riladi.
- Stilistika: Katta tekisliklar va aniq chegaralarga ega bo'lgan geometrik yoki kubik uslub. Bino devorlariga oson tarzda nusxalanadigan.
Ishtirok etish uchun ariza
Arizalar: havola orqali onlayn qabul qilinadi.
Quyidagilarni taqdim etish zarur:
- Shaxsiy ma'lumotlar: Familiya. Ism. Otasining ismi (to'liq), tug'ilgan sanasi, aloqa ma'lumotlari (telefon raqami (kodi bilan), elektron pochta).
- Portfolio (ijodiy ishlar - 5 tagacha, JPG/PNG).
- Ijodiy ishlar eskizi (JPG/PNG).
- G'oya va uning mavzu bilan bog'liqligini tavsiflovchi izoh xati (1000 ta belgigacha).
- Mo'ljal qilingan palitra (ranglar - 7 tagacha).
- Texnologik xarita (ijro texnikasi tavsifi)
Baholash mezonlari
- Noyoblik va mualliflik - 50%.
- Mavzuni yoritish - 20%.
- Brend/makonga muvofiqlik - 10%.
- Jamoatchilik ovozi: - 10%.
Mukofotlar
- 1- o'rin: 50 000 000 so'm.
- 2- o'rin: 25 000 000 so'm.
- 3- o'rin: 10 000 000 so'm.
Tanlovda ishtirok etgan va yuqorida ko'rsatilgan sovrinli o'rinlarni egallagan ishtirokchilar o'zlarining murallarini tashkilotchi tomonidan belgilangan zavod hududidagi bino-inshoot devori yuzasiga asl ko'rinishda chizib berishlari kerak bo'ladi. Mazkur ijodiy ishlardan korporativ merchda ham foydalaniladi.
Tanlov bosqichlari
- Tanlovning boshlanishi va e'loni: 22-sentabr.
- Arizalarni onlayn qabul qilish: 3-oktabrgacha.
- Texnik tanlov va short-list tuzish: 4-oktabr.
- ADM Jizzakh Telegram-kanalida jamoatchilik ovozi: 5-7-oktabr.
- G'olibni e'lon qilish va bitimlarni imzolash: 8-oktabr.
- Fasadni tayyorlash va muralni bajarish: 11-24 oktabr.
- Mahsulotni qabul qilish, matbuot tadbiri va merchning boshlanishi: 30-oktabrgacha.
Ishtirok etishning batafsil qoidalari va shartlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
Reglament