13.09.2024

ADM Jizzakh zavodiga GWM Haval delegatsiyasi tashrifi

ADM Jizzakh zavodiga GWM Haval delegatsiyasi tashrifi

2024-yil 10-sentyabr kuni ADM Jizzakh zavodiga GWM vitse-prezidenti boshchiligidagi Haval delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va avtomobillarni yig‘ishda qo‘llanilayotgan yuqori sifat standartlari bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur tashrif kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatini yanada rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish