07.05.2025

Aprel oyida avtomobillar sotuvining o‘sishi: Kia +9,4%, Chery +22,4% va Haval +36,4%

Aprel oyida avtomobillar sotuvining o‘sishi: Kia +9,4%, Chery +22,4% va Haval +36,4%

2025-yil aprel oyida Kia, Chery va Haval avtomobil brendlari joriy yilning mart oyiga nisbatan ijobiy dinamikani namoyon etishi, iste'molchilar talabining faollashgani hamda arzon va texnologik modellarga qiziqishning yuqoriligidan dalolat beradi. Har bir brend turli toifadagi xaridorlarning talablari va istaklariga mos keladigan avtomobillarni taklif qilish orqali o'z auditoriyasini topdi.

Kia

2025-yil aprel oyida 1921 dona Kia avtomobillari sotilgan bo'lib, ushbu ko'rsatkich mart oyiga nisbatan 9,4 foizga ko'pdir. Sotuvlar bo'yicha yetakchi sifatida joriy yilning mart oyida bo'lgani kabi ixcham Kia Sonet krossoveri bo'lib qolmoqda - 1302 dona (umumiy hajmning 67,8 foizi). Ushbu model qulay o'lchamlari, tejamkor yoqilg'i sarfi va zamonaviy multimedia tizimi bilan yosh oilalar va shahar aholisining e'tiborini tortdi. Ikkinchi o'rinda o'lchamlari kengroq bo'lgan Kia Sportage (169 dona, 8,8 foiz) bo'lib, u kundalik foydalanishda qulaylik va universallikni qadrlaydiganlar uchun mos keladi. Uchlikni Kia K5 biznes-klass sedani (144 dona, 7,5 foiz) - o'ziga xos uslub va nufuzli darajani izlayotgan tadbirkorlar va ofis xodimlari tanlovi bo'lgan model yakunlaydi.

Eng ko'p sotuv hajmi Toshkent shahriga - 39,4 foiz, Toshkent (9,4 foiz), Samarqand (9 foiz), Buxoro (7,4 foiz) va Qashqadaryo (6,4 foiz) viloyatlariga to'g'ri keldi. Xaridorlarning 61,7 foizini erkaklar, 38,3 foizini ayollar tashkil etadi. Yosh guruhlari bo'yicha eng katta ulush 40-49 yosh (30 foiz) toifasiga to'g'ri keldi, keyingi o'rinlarda 50-59 yosh (22 foiz) va 30-39 yosh (20 foiz) turadi.

Chery

Aprel oyida Chery avtomobillari sotuvi 851 donani tashkil etib, bir oy avvalgiga nisbatan 22,4 foizga ko'pdir. Ofis xodimlari, davlat xizmatchilari hamda qulaylik, narx va mavqe o'rtasidagi muvozanatni qadrlaydiganlar orasida ommabop bo'lgan Arrizo 6 Pro sedani (330 dona, 38,8 foiz) eng ko'p sotilgan avtomobil bo'ldi. Ikkinchi o'rinni Tiggo 7 Pro krossoveri (257 dona, 30,2 foiz) egalladi - keng salon va ilg'or xavfsizlik tizimlari tufayli bolali oilalar uchun oqilona tanlov. Uchinchi o'rinni arzon narxi va zamonaviy dizayni tufayli yosh haydovchilarga mo'ljallangan Tiggo 2 Pro (168 dona, 19,7 foiz) egalladi.

Asosiy talab Toshkent shahri (32,4 foiz), shuningdek, Samarqand (11 foiz), Buxoro (10,9 foiz), Navoiy (9,2 foiz) va Qashqadaryo (9 foiz) viloyatlariga to'g'ri keldi. Jismoniy shaxslar orasida xaridorlarning 71,2 foizi erkaklar, 28,8 foizi ayollardir. Asosiy yosh bo'yicha segmenti - 30-39 yosh (31 foiz) va 40-49 yosh (30 foiz).

Haval

Haval brendi mart oyiga nisbatan eng yuqori o'sish sur'atini ko'rsatdi - 36,4 foiz. Jami 725 dona avtomobillar sotilgan bo'lib, shundan M6 krossoveri 357 donani tashkil etdi. (49,2 foiz). Ushbu model narx va sig'imning qulay nisbati tufayli e'tiborni tortdi va katta oilalar hamda shaharlararo safarlar uchun eng maqbul tanlovga aylandi. Haval Jolion (275 dona, 37,9 foiz) - o'zgacha uslub, jo'shqinlik va texnologiyalarni qadrlaydigan yoshlar va shaharlik foydalanuvchilarining tanlovi. Yanada qudratli va brutal qiyofaga ega Dargo (60 dona, 8,3 foiz) faol hayot tarzi va yo'lsiz hududlarda sayohatlarni afzal ko'radigan avtohavaskorlarni qiziqtirdi.

Eng katta talab Toshkent shahrida qayd etilgan - 42,2 foiz, keyingi o'rinlarda Buxoro (11,9 foiz), Qashqadaryo (9,8 foiz), Navoiy (8,8 foiz) va Samarqand (7,2 foiz) viloyatlari.

2025-yil aprel oyida rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi bo'lgan Kia, Chery va Haval brendlari avtomobillari sotuvining o'sishi O'zbekiston avtohavaskorlarining yangi, funksional va hamyonbop transport vositalariga bo'lgan yuqori qiziqishidan dalolat beradi. Talabning oshishi poytaxtni ham, mamlakatning asosiy hududlarini ham qamrab oldi va modellarning xilma-xilligi turli yosh va ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini qondirish imkonini berdi.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish